Joriy yilning 19-20 avgust kunlari Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi deputati O.Xamrayev mahalla yettiligi hamkorligida “Jo‘raobod” va “Ko‘korol” mahallari
faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha
belgilangan ustivor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli qarori yuzasidan tushunchalar berib to‘y-ma’rakalar, bayramlar, tantanalar va boshqa marosimlarda isrofgarchilik holatini oldini olish dolzarb mavzu ekanligini gapirdi.