Новости

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nazokat Ochilova tomonidan maktabning 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

2025-yil 1-avgust kuni Guzal mahallasi hududida joylashgan 1-umumta’lim maktabida 6-Farovon saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nazokat Ochilova tomonidan maktabning 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Uchrashuv davomida maktab binosidagi sinf xonalari, moddiy-texnik baza, tozalik va sanitariya holati bilan tanishildi. Deputat pedagoglar jamoasi bilan suhbat olib borib, ularning dolzarb muammolari va takliflarini tingladi. O‘qituvchilar yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rilayotgani, zarur o‘quv qurollari va vositalari bilan ta’minlanish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar. 

Slide 1 of 2