Farg‘ona
tumanidagi loyihalar — doimiy deputatlik nazoratida
2025 yil uchun tasdiqlangan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar ustidan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan amaliy va muntazam nazorat olib borilmoqda.
Shunday uchrashuvlardan biri doirasida Xalq deputati Qahramon Makarov, Shuxratjon Raximov, Baxodir Abdulmamatov va Dilshod Karimovlar tumanning Do‘stlik, Sanoat, Yangi asr mahallasida joylashgan loyihalar ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgan loyihalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Olib borilgan o‘rganishlar chog‘ida ishlab chiqarish jarayoni, xodimlar bilan shart-sharoitlar, loyihaning iqtisodiy samaradorligi va mahalliy aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyati atroflicha tahlil qilindi.
Bunday amaliy tashriflarning asosiy maqsadi — tuman taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan loyihalarning o‘z vaqtida, sifatli va samarali amalga oshirilishi, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat.
Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish faqat keng jamoatchilik ishtiroki va ochiq muloqot orqali ta’minlanadi.
#Farg‘onaTumani#DeputatNazorati#IjtimoiyRivojlanish#Tadbirkorlik#JamoatNazorati #YangiO‘zbekiston