Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi hamda korrupsiyani oldini olish yuzasidan 2025-yil 2-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Bag‘dod tumani prokurori A.Muxtorov axboroti to‘g‘risida.
2. Bag‘dod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.T.Xayitovning 2025-yil 2-choragi davomida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikga qarshi kurashish va korrupsiyani oldini olish bo‘yicha hamda Ichki ishlar boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i I.Meliboyevning 2-chorak davomida tumanda jamoat xafsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari to‘g‘risida.
3. Tuman hokimining o‘rinbosarlari (U.Maxmudov, Q.Mirtazaqulov, U.Yigitaliyev, A.Ashurov, X.Qmbarova, O.xalimov)larning:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi bo‘yicha;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmoniga asosan xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2025-yil 27-yanvar “2025-yilda Bag‘dod tumani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi VII-4-4-11-152-K/25-sonli qarori ijrosi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni ijrolari bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 120-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq budjetdan ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilishi natijasida bo‘shab qolgan qo‘shimcha mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida.
5. 2025-yil 2-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti.
6. Bagʻdod tumani mahalliy budjetining 2025-yil 2-chorak ijrosini toʻgʻrisida.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil 2-yarim yillik uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyevning hisoboti haqida.
8. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish to‘g‘sida”gi PQ-118-son qaroriga asosan tumandagi ijtimoiy soha ob‘ektlarini issiqlik ta‘minoti tizimini DXSH asosida xususiy sherik boshqaruviga berish va modernizasiya qilish to‘g‘risida tuzilgan DXSH to‘grisidagi bitimlarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida.
9. 2025-yilning 2-choragi davomida Bag‘dod tumanida yoshlarning muammolarini o‘rganish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlarda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar to‘g‘risida.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402- sonli qarori ijrosi yuzasidan 2025-yil6 oyi davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida.
Kun tartibidagi masalalar boʼyicha deputatlar tomonidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.