Новости

Tuman Kengashi deputatlari fuqarolar muammolarini tinglamoqda.

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari B.Sanayev, G.Xusanova va S.Boboyarovalar Nurobod tumanida aholi muammolarini eshitish va ijobiy hal etish maqsadida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

🔹Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan sog‘ligini tiklash, moddiy yordam, kommunal xizmatlar, elektr ta’minoti va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

🔹Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlariga deputat so'rovlari orqali ijro muddati belgilanib yuborildi.

🔹 Har bir fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmasligi va mavjud imkoniyatlar doirasida yechim topilishi zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 5