O`zbekiston «Adolat» SDP tomonidan o`tkazilayotgan "Biz odam savdosiga qarshimiz" huquqiy-targ`ibot oyligi doirasida Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi Jalaquduq tuman bo`limida davra suhbati tashkil etildi. Unda asr vabosi nomini olgan jirkanch illatning kelib chiqishi va unga qarshi kurashish to`g`risida so`z bordi.
Partiya faollari va huquqshunoslar ishtirokchilarga mavzu bo`yicha atroflicha tushuncha berdilar. Jamoatchilik orasiga kirib borganda jinoyatga qarshi kurashish va huquqiy madaniyat borasida targ`ibot olib borish bilan jinoyatga
barham berish lozimligi ko`rsatib o`tildi. Tadbirda so`z olgan mazkur muassasa rahbari Furqatbek Ergashev
va partiya faoli Umidaxon Jumaqulovalar yig`ilganlarni ogohlikka chaqirdilar. Agar barchamiz bir kuchga aylansak dunyo xalqlarining tashvishiga aylangan illatni tag tomiri bilan quritish mumkinligi ko`rsatib o`tildi. Tadbirda tuman
Kengashi deputati B.Bazarova ishtirok etdi.