MINGBULOQDA IJTIMOIY OBYЕKTLAR O‘RGANILDI.
♦️Uchquduq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchqun Yelmuratov “Mingbuloq” ovuliga amaliy tashrif buyurib, hududdagi ijtimoiy soha obyektlari bilan yaqindan tanishdi.
🟢Tashrif doirasida ovul shifokorlik punktida tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, sifati, mavjud sharoitlar va ehtiyojlar o‘rganildi. Shuningdek, ovul fuqarolar yig‘ini qoshida faoliyat yuritayotgan “Qiz jasau” tikuvchilik syexida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
♦️Ijtimoiy obyektlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.