Новости

Uchquduq tumanidagi 7-sonli maktabda joriy yilning 20-may kuni hududdan saylangan viloyat Kengashi deputati Sh.Narbadalov, tuman Kengashi deputati M.Ravshanovalar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchquduq tumanidagi 7-sonli maktabda joriy yilning 20-may kuni hududdan saylangan viloyat Kengashi deputati Sh.Narbadalov, tuman Kengashi deputati M.Ravshanovalar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Oʻrganishlar natijasida,

-har bir sinfdagi o‘quvchilar soni va bu ko‘rsatkichning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligiga javob beradi. Ochiq va namunaviy darslar soni va ularning sifati belgilangan darajada. O‘qituvchilarning o‘zaro darslarga kirish va tahlil qilish amaliyoti olib borilmoqda. Oʻquvchilarning bilim darajasi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 1, 2 va 3-choraklardagi natijalari taqqoslandi.  

Tanlov asosida darslarga kirish natijalari yoʻlga qoʻyilib, jurnallar yuritilmoqda. Olimpiadalar, kitobxonlik tanlovlari va boshqa musobaqalardagi ishtirok va yutuqlari bilan tanishildi. O‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanganlik darajasi, darsliklarning yangiligi va sifati yaxshi darajada. O‘quvchilar qatnovi va adabiyotlar fondining boyligi yaxshi darajada. Kutubxona faol kitobxonlarga tavsiya etilgan adabiyotlar bilan ta’minlangan. Fizika, biologiya, kimyo fanlari bo‘yicha laboratoriya jihozlari mavjud va ular yaxshi holatda. 

Sinf xonalar fanlar kesimida toʻliq jihozlangan. 2 ta informatika xonasida 36 ta kompyuterlar mavjud,ularning holati yaxshi. Sport zali yaxshi holatda, barcha anjomlar bilan ta’minlangan va sun’iy qoplamali sport maydonchasi ham mavjud. Fan to‘garaklari o‘tilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar mavjud. Maktab inklyuziv ta’limga moslashgan. Davlat va xususiy universitetlarga, shuningdek, chet el universitetlariga kirgan bitiruvchilar soni va ulushi yillar kesimida taqqoslandi. O‘qituvchilarni ishga qabul qilishda tanlov asosida yondashilmoqda. Tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korrupsiya va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlar muntazam amalga oshirilmoqda. Oʻqituvchilarning barchasi mumtazam malakasi oshirilib kelinmoqda. O‘qituvchilarning barchasi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha dars o‘tmoqda va o‘qituvchilarning yetishmasligi holati mavjud emas. Ta’lim muassasasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holati mavjud emas.

Slide 1 of 12