Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi

Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi

📅 2026-yil 8-oktyabr kuni soat 14:00 da Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etiladi.

📌
Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi “Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 255-son qarorining tumandagi ijrosi haqida;
🔹 2026-yil III chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida.
🔹 Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari uchun tavsiya etilgan 24 ta masalalarning ijrosi haqida

📍 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari tomonidan deputatlik faoliyatining belgilangan tartib va tavsiyalarga muvofiqligi, deputatlarning o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.
📣 Doimiy komissiya a’zolari va taklif etilgan deputatlardan yig‘ilishda o‘z vaqtida ishtirok etishlari so‘raladi.

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!