Romitan tumanidagi 21-sonli Qalaychorbog‘ saylov okrugidan saylangan Buxoro viloyati Xalq deputatlari Kengashi deputati Abera Huseynova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi mudiri Sh.Soliyevlar tomonidan «Toshrabot» mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlarining joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilgan ishlar, aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarni hal etish borasidagi faoliyat muhokama qilindi.