Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
FHDYO ORGANIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan tuman FHDYO organi faoliyati bilan tanishildi.

Tanishuv davomida tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish va boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlariga e’tibor qaratildi.

Mas’ullar bilan muloqotda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, hujjatlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish, elektron xizmatlardan foydalanishni kengaytirish va aholiga huquqiy tushuntirishlar berish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, fuqarolar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish muhimligi ta’kidlandi.

Maqsad — fuqarolarga tezkor, qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda FHDYO organi faoliyati samaradorligini oshirish.

Deputatlik nazorati fuqarolar manfaatlariga daxldor masalalarni joyida o‘rganish, mavjud muammolarni mas’ullar bilan muhokama qilish va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishga qaratilgan

Slide 1 of 2