Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kunlik_ish_reja_ijrosi #Savolnoma_asosida #Qonunlar_ijrosi #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining tasdiqlangan kunlik ish rejasiga muvofiq, 17-“Shakarqamish” saylov okrugidan saylangan deputat Tavasharov Xamro Ziyayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Esanov ishtirokida “Yakkatut” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi mahalladagi hokim yordamchisining faoliyatini o‘rganish, unga yuklatilgan vazifalar ijrosi holatini tahlil qilish hamda aholini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholashdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish yo‘nalishlaridagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘rganish ishlari maxsus savolnoma asosida tashkil etilib, amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalar hamda Kengash tomonidan taqdim etilgan tavsiyalarning bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, tegishli yo‘nalishlar doirasida 162 ta qonunchilik hujjati va 24 ta tavsiyaning ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi. Jarayonda belgilangan vazifalarning bajarilishi, amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari o‘rganildi.

Bundan tashqari, hokim yordamchisining aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolarning bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan tegishli tahlillar olib borildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, Kengash tomonidan berilgan tavsiyalar bajarilishini kuchaytirish hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tahliliy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish belgilandi.

Deputatlik nazoratining mazkur tadbiri mahallada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni takomillashtirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 2