Aholi bandligi masalalari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Muxtorov Abdurayim Lapasovich tomonidan aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolarning ish bilan ta’minlanganlik holati, bandlikka bo‘lgan ehtiyoji, mavjud muammolar hamda yangi ish o‘rinlariga bo‘lgan talablar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
Shuningdek, ishsiz fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromadlarini oshirish va ularning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
Bandlik — farovonlik va barqaror daromad garovi!