Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
O‘QUVCHILARNING QIZIQISHLARI VA KASB TANLOVI O‘RGANILMOQDA

 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Fayzullo Dadajonov tomonidan o‘quvchi-yoshlarning qiziqishlari, qobiliyatlari va kelajakdagi kasb tanloviga oid masalalar o‘rganildi.

Jarayon davomida 7–11-sinf o‘quvchilarining kelajakda egallashni istayotgan kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga e’tibor qaratildi.

O‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini tahlil qilish, ularni zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish, shuningdek, kasb tanlashida amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan yoshlarning kelajakdagi kasbini to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish, ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini yanada samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3