Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ko'chama-ko'cha_jurnali
19¹-modda
🏘 “YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASI”—MAHALLA QIYOFASIDA


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B. Toshpo‘latov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Qishloqbozor” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasini yaratish” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning holati ko‘rib chiqildi.

🏡 Jumladan, fuqaro D. Qarshiyeva xonadoniga borilib, mahallaning obodonlashtirish va sanitariya-tozalik holati, ko‘chalar va yo‘llarning ahvoli, piyodalar uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘cha yoritish tizimi hamda chiqindilarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, hududda aholini qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar ham ko‘zdan kechirilib, ularni bartaraf etish va mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

🌿 Obod mahalla — qulay muhit, xavfsiz hudud va munosib turmush sharoitining muhim asosi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3