Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Belgilangan reja-grafik asosida investitsiya loyihasining amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi

Belgilangan reja-grafik asosida investitsiya loyihasining amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Javohir Mirzayev hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan belgilangan reja-grafik asosida Navoiy shahrida amalga oshirilayotgan navbatdagi yirik investitsiya loyihasining ijro holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida loyiha tashabbuskori "Gidro-stanko-servis" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan avtomobillar uchun ehtiyot qismlar — avtomobil dvigatellari, "Damas" avtomobillari uchun orqa ko‘prik (most) hamda prujinalar ishlab chiqarish loyihasining bajarilish jarayonlari, qurilish ishlari, ishlab chiqarish quvvatlari va infratuzilma bilan ta’minlanganlik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha Germaniya davlati hamkorligida amalga oshirilayotgan bo‘lib, umumiy qiymati 30 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Loyiha to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 25 ming tonna avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy korxona faoliyat yuritadi. Loyihani amalga oshirish muddati 2026–2027-yillar etib belgilangan.

Loyihaga muvofiq, 2026-yilda 20 mln AQSH dollari miqdorida investitsiyani o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Joriy yilning birinchi yarim yilligi uchun 9,2 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilishi prognoz qilingan bo‘lib, amalda 4,9 mln AQSH dollari o‘zlashtirilgan.

Loyiha Navoiy shahrining “Kimyogar” MFY hududida joylashgan bo‘lib, 2025-yilda 4 gektar yer maydoni auksion orqali xarid qilingan. Ishlab chiqarish maydoni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlangan bo‘lib, quvvati 1 MVt bo‘lgan transformator o‘rnatilgan.

Shuningdek, ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha Xitoy va Germaniya davlatlari bilan shartnomalar imzolangan. Hozirgi kunga qadar uskunalarning 20 foizi olib kelinib, ularni o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Qolgan uskunalarni 2026-yilning ikkinchi yarim yilligiga qadar yetkazib berish rejalashtirilgan.

O‘rganish yakunida loyihani belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish, qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish hamda investitsiya mablag‘larini o‘z vaqtida o‘zlashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5