Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛️ Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida mahalladagi muammolar o‘rganildi

🤝 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Yoshlik” mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda bildirilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi.

👥 Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

📝 Uchrashuv davomida aniqlangan muammolar va takliflarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

✅ Bunday o‘rganishlar joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish va aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4