Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tibor va amaliy ko‘mak markazida

 Ijtimoiy himoya — e’tibor va amaliy ko‘mak markazida 

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini
qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamning
manzilli yetib borishini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim
yo‘nalishidir.
 

3-Mitan saylov okrugi deputati (O‘zLiDeP deputatlik
guruhi a’zosi) B.Abralov "Mitan" MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy
xodim ishini o‘rgandilar.
 

  Shaffoflik ва Manzillilik 

O‘rganish davomida kam ta’minlangan oilalarga
ijtimoiy nafaqalar tayinlanishi va moddiy yordam ko‘rsatish jarayonlari tahlil
qilindi. Xususan, joriy
yilning aprel oyida amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholandi:
 

 Vaucherlar taqdim etildi: "Ijtimoiy reyestr"da
turgan, ko‘makka muhtoj 5 nafar oilaga kiyim-kechak xarid qilish uchun maxsus
vaucherlar berilgani aniqlandi.
 

 Sifatli xizmat: Ijtimoiy xodim tomonidan har
bir xonadonning ehtiyoji individual tartibda o‘rganilayotgani va tizimli
ravishda yordam ko‘rsatilayotgani qayd etildi.
 

 "Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi" 

 Deputat B.Abralov ijtimoiy xodim bilan muloqotda
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar
ko‘lamini yanada kengaytirish, ayniqsa, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan
shaxslarga g‘amxo‘rlikni kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.
 

"Davlatimizning asosiy maqsadi — muhtojlarga
tayanib, ularni jamiyatning faol a’zosiga aylantirishdir. Ijtimoiy vaucherlar
va moddiy yordamlar bu — oilalar uchun haqiqiy ko‘mak va dalda
namunasidir," — dedi
deputat.
 

Xalq vakillari tomonidan ijtimoiy sohadagi bunday
o‘rganishlar davom etmoqda.
 

Telegram (http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)
Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/