Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
📊 Mingbuloq ovulida ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.

🟢 XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMAN KENGASHI

📊 Mingbuloq ovulida ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan Mingbuloq ovulida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 O‘rganish natijalariga ko‘ra:

Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar – 3 ta fuqaro

Kam ta’minlangan oilalar – 2 ta

Nogironligi bo‘lgan fuqarolar – 12 nafar

(shundan: 5 nafar ayol, 7 nafar erkak)

4 nafar I-guruh nogironlari doimiy parvarishga muhtoj

💊 Yotoqda bo‘lgan 4 nafar I-guruh nogironlari bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlanib, patronaj hamshiralari tomonidan muntazam parvarish qilinmoqda.

💉 Shuningdek, “D” toifaga mansub 17 nafar fuqaroga har oy belgilangan tartibda zarur dori-darmon vositalari tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan yetkazib berilmoqda.

✅ O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillashtirish, aholining ehtiyojmand qatlamini doimiy qo‘llab-quvvatlash va manzilli yordamni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1