Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Tinchlik shukuhi va shukronalik tuyg‘usi Gazli shahrida!. Romitan tumani Gazli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-son bolalar musiqa va san`at maktabida tuman hokimligi, 25-Baynalminal saylov okrugi deputati, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, Mahallalar uyushmasi, Nuroniylar jamgʻarmasi, Madaniyat boʻlimi hamda keng jamoatchilik ishtirokida qalblarga iliqlik ulashuvchi “Shukronalik” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Romitan tumani Gazli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-son bolalar musiqa va san`at maktabida tuman hokimligi, 25-Baynalminal saylov okrugi deputati, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, Mahallalar uyushmasi, Nuroniylar jamgʻarmasi, Madaniyat boʻlimi hamda keng jamoatchilik ishtirokida qalblarga iliqlik ulashuvchi “Shukronalik” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Dunyoda turli xavotir va notinchliklar kezib yurgan bir vaqtda, O‘zbekistonimizdagi osuda hayotning qadri naqadar baland ekanligi tadbirning bosh mavzusiga aylandi.

 

Zero, bugun butun dunyo havas bilan termulayotgan yurtimizdagi bu osoyishtalik — hamjihatligimiz va har bir yurtdoshimizning shukronalik tuyg‘usi samarasidir.

 

Muloqotlar davomida har bir otilayotgan tongni shukrona bilan qarshilash, yurt tinchligini ko‘z qorachig‘idek asrash va unga dahldorlik hissi bilan yashash eng oliy insoniy fazilat ekanligi alohida ta’kidlandi.

 

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ahilligimiz bardavom bo‘lsin!
 

Slide 1 of 1