Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan ma’lumot

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.A’zamov tomonidan yuborilgan “Nurobod tumani 63-umumta’lim maktabidagi “Tashabbusli budjet” doirasida qurilgan mini-stadionga sun’iy qoplama yotqizish hamda “Omondara” mahallasidagi artezian qudug‘ini alohida transformator bilan ta’minlash uchun tuman mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi 27-ds-374-26-sonli deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan quyidagilar ma'lum qilingan

✔️Mazkur deputat so‘rovi Nurobod tumani hokimligi tomonidan ko‘rib chiqilib, 2026-yil I chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi shakllanganidan so‘ng ushbu loyihalar uchun mablag‘ ajratish masalasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ma'lum qilingan.

✔️Ushbu masalalar doimiy nazoratda bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar uchun sport sharoitlarini kengaytirish hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1