Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH BO‘YICHA RASMIY JAVOB TAQDIM ETILDI.

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputatlari M.Sulaymonova va G.Sobirovalar tomonidan Soybo'yi mahalla fuqarolar yig‘ini Xamroh ko‘chasi va Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘ini Sharq ko‘chasida fuqarolar va transport vositalari ko‘p harakatlanadigan ko‘cha hisoblanib, yo‘lda hosil bo‘lgan notekisliklar sabab, fuqarolar hamda transportlarni harakatlanishida bir qator muammolarni vujudga keltirayotganligi sababli tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yilgi manzilli ro‘yxatga kiritilishi yuzasidan deputat so‘rovlari yuborilgan edi.

Ushbu so‘rovga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etilib, Sharq va Hamroh ko‘chalarini asfaltlashtirish 2026-yil manzilli ro‘yxatga kiritilganligi va mazkur ro’yxat tasdiqlangandan so‘ng joriy yil oxiriga qadar bosqichma bosqich amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1