Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ROMITANDA NAVRO‘Z BAYRAMI!
янв.21
Hududda aholini kambag’allikdan chiqarish ishlari deputat nazoratida.
янв.21
Salomatlikni asrash — aholi farovonligining asosi hisoblanadi.
янв.21
Tibbiy xizmat sifatini oshirish masalasi nazoratda.
янв.21
Muzeyning saqlanshi va faoliyati nazoratga olindi.
янв.21
Deputatning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
Hududda chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqish va sanitariya holatini yaxshilash masalasi deputat nazoratida.
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati muhokamasi-nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar holidan xabar olindi.
янв.21
14-O‘zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho'liyeva tomonidan “Azizon” mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar va ularning murojaatlari tinglandi.
ROMITANDA NAVRO‘Z BAYRAMI!

Qadimiy Navro‘z bayrami shodiyonalari o‘lkamizni shukuhga to‘ldirib yubordi. 

18-mart kuni tumanimizning Markaziy o‘yingohida “Navro‘zni ulug‘lash - insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida o‘tkazilgan yangilanish va yasharish ayyomi tantanalari yig‘ilganlar qalbiga quvonch va bayramona kayfiyat ulashdi. 

Bu yilgi bayram tadbiri har yilgidan ham o‘zgacha ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Erta tongdan boshlangan xalq sayllariga 1000 ga yaqin tumandoshlarimiz tashrif buyurdi.  

Xalq saylida, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, nuroniy otaxonlar, munis ayollar va dilbar qizlar hamda yoshlar, tuman aholisi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, tashkilot va korxonalar xodimlari, mahallalardagi yettilik ishtirok etdi.

Slide 1 of 1