Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat e’tiborida: Аholi yashash muhiti tozaligi ko’zdan kechirildi. Aholi uchun qulay, xavfsiz va sog’lom yashash muhitini ta’minlash, hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.
янв.21
Ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati deputatlar nazoratida. 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati joyiga chiqib o’rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi.
янв.21
Tumandagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida.
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo’llab-quvvatlash ishlari samaradorligi o’rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmonining tumanda ijro etilishi mahalliy Kengash deputatlari nazoratida
янв.21
Deputat va xalq muloqoti: saylovchilar fikri muhim. 11-Toshrabot saylov okrugi deputati М.Umurova o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
янв.21
Fuqarolarga xizmat – e’tibor markazida: FHDYo faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi. 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tuman FHDYo bo’limida bo'ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.
янв.21
“Davlat — xalq uchun xizmat qiladi”: Deputat davlat xizmatlari markazida bo'ldi.
Bugun o‘tkazilgan umumxalq hasharida xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etdi.

Bugun o‘tkazilgan umumxalq hasharida xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etdi.

🌿Hashar davomida hududlarni obodonlashtirish, ko‘cha va xiyobonlarni tozalash, daraxtlar ekish hamda mavjud yashil hududlarni tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. Deputatlar aholining farovon yashashi, hududlarning yanada chiroyli va ozoda bo‘lishiga hissa qo‘shish maqsadida hashar ishlarida bevosita qatnashdilar.

🌿Tadbir davomida jamoatchilik vakillari bilan muloqotlar ham o‘tkazilib, hududlarni yanada obodonlashtirish, ekologik madaniyatni oshirish va fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌿Bunday ezgu tashabbuslar tumanimizda birdamlik, hamjihatlik va yurtimiz ravnaqi yo‘lida birgalikda harakat qilish an’analarini yana bir bor namoyon etdi.

Slide 1 of 8