Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat e’tiborida: Аholi yashash muhiti tozaligi ko’zdan kechirildi. Aholi uchun qulay, xavfsiz va sog’lom yashash muhitini ta’minlash, hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.
янв.21
Ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati deputatlar nazoratida. 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati joyiga chiqib o’rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi.
янв.21
Tumandagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida.
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo’llab-quvvatlash ishlari samaradorligi o’rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmonining tumanda ijro etilishi mahalliy Kengash deputatlari nazoratida
янв.21
Deputat va xalq muloqoti: saylovchilar fikri muhim. 11-Toshrabot saylov okrugi deputati М.Umurova o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
янв.21
Fuqarolarga xizmat – e’tibor markazida: FHDYo faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi. 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tuman FHDYo bo’limida bo'ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.
янв.21
“Davlat — xalq uchun xizmat qiladi”: Deputat davlat xizmatlari markazida bo'ldi.
YAXSHILIK SARI TASHLANGAN AMALIY QADAM

Hududlarda tashkil etilgan xayriya hasharida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Atayeva faol qatnashib, mahalla hududini obodonlashtirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash hamda hududning yanada ko‘rkam va fayzli bo‘lishiga qaratilgan ishlarda bevosita ishtirok etdi. Hashar davomida hududlarni tartibga keltirish, tozalash, yashil maydonlarni parvarishlash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Deputat M.Atayevaning bunday ezgu tadbirlardagi ishtiroki aholi bilan yaqin hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha amaliy ishlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Xayriya hashari esa mahallada hamjihatlik, birdamlik, mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlaydi. 

Bu kabi xayrli tadbirlar yurtimiz obodligi, mahallalar ravnaqi va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 1