Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tuman tibbiyot birlashmasida fuqarolarni qabul qildi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari tomonidan hududdagi bozorlarda aholi isteʼmoli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlari narx-navosi hamda ularning yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-A.Navoiy okrug deputati L.Avezova o‘ziga biriktirilgan mahallada “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida sayyor qabul tashkil etdi.
янв.21
Ochiqlikni taʼminlashda faol bo‘lgan Romitan tumani mahalliy Kengashi alohida eʼtirof etilmoqda
янв.21
Deputat Qumrabot mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatayotgan 37-OPda “Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish” holatini o‘rgandi.
янв.21
OLIS HUDUD YOSHLARI UCHUN YANGI TASHABBUS ILGARI SURILDI
янв.21
Deputat Baynalminal mahalladagi xotin-qizlar va ijtimoiy xodim faoliyatini borib o‘rgandi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputati mahalladagi bolalar o‘yingohida mavjud sport inshootlarining holatini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
1-Sadriddin Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi Umedjon Barnoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tomonidan tumandagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati o’rganildi
Hudud infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari V.Soliyeva, U.Nurmuxamedov va N.Kiyamov hamda Ishtixon tumani hokimi o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S.Ochilov bilan birgalikda tumandagi 4P58 “Ishtixon shahriga (53 km)” avtomobil yo‘lini 4R48 “Zarafshon trakti” avtomobil yo‘lining 68-kilometri bilan bog‘lovchi ko‘prik va 4,5 kilometr uzunlikdagi aylanma yo‘l qurish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur loyiha hudud transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda mavjud yo‘l tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ushbu ko‘prik va aylanma yo‘lning barpo etilishi tumanning ichki yo‘llarida yuzaga kelayotgan transport tirbandliklarini kamaytirish, og‘ir yuk tashuvchi transport vositalarining aholi yashash hududlari orqali harakatlanishini cheklashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, yangi aylanma yo‘lning qurilishi orqali transport oqimini muqobil yo‘nalishlarga yo‘naltirish imkoniyati yaratiladi. Bu esa yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, mavjud avtomobil yo‘llarining xizmat muddatini uzaytirish hamda hududning logistika salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Tanishuv jarayonida mutasaddilar tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari sifati, belgilangan loyiha talablari asosida bajarilishi hamda qurilish muddatlariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, mazkur loyiha yakuniga yetkazilgach, tumanning transport qatnovi tizimida sezilarli yengilliklar yuzaga kelishi, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratilishi ta’kidlab o‘tildi.

Hudud infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan bunday loyihalar kelgusida iqtisodiy faollikni oshirish, yangi investitsiya loyihalarini jalb etish hamda aholining turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

Slide 1 of 5