Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari tomonidan hududdagi bozorlarda aholi isteʼmoli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlari narx-navosi hamda ularning yetarliligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida savdo rastalaridagi mahsulotlar assortimenti, narxlarning barqarorligi, sifat darajasi va sanitariya holatiga alohida eʼtibor qaratildi. 

Shuningdek, sotuvchilar hamda xaridorlar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar, taklif va mulohazalar tinglandi.

Deputatlar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish, bozorlarda yetarli zaxira mavjudligini taʼminlash hamda aholiga qulay shart-sharoit yaratish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berish belgilandi.

Bu kabi o‘rganishlar aholi manfaatlarini himoya qilish, narx-navoni barqaror saqlash va isteʼmol bozorida sog‘lom raqobat muhitini taʼminlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1