Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHI RAISI SAYLANDI

Uchinchi chaqiriq Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 18-sessiyasida tashkiliy masala ham ko’rib chiqildi. «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, Kayumov Xayrullo Zabixullayevich Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimiga saylandi. 

X.Kayumov 1961-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1983-yilda yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Davlat boshqaruv tuzilmalarida turli lavozimlarda ishlagan.