Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"SAFIMIZDAGI YOSHLAR" LOYIHASI: ROMITAN YOSHLARI SIYOSIY SAFDA!

Yoshlarning siyosiy va huquqiy ongini yuksaltirish — ustuvor vazifa!

O‘zbekiston XDP Romitan tuman kengashi tashabbusi bilan tumanning 24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida ahamiyatga molik "Safimizdagi yoshlar" loyihasi tashkil etildi.

 Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar orasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish, ularni jamiyat hayotiga faol jalb qilish, hamda partiyaning maqsad va g‘oyalari atrofida birlashtirishdir.

Tadbir doirasida O‘zXDP tizimida faoliyat yuritib, partiya ko‘magida muvaffaqiyatlarga erishgan va davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan fidoyi yoshlar bilan maxsus suhbatlar tashkil etildi. Ularning hayotiy tajribalari, yutuqlari va erishgan natijalari kelgusi avlod uchun chinakam o‘rnak va motivatsiya manbai bo‘ldi.

Tadbir yakunida partiya safini kengaytirish uchun 50 dan ortiq iqtidorli va tashabbuskor yoshlar o‘z hohishlari bilan Partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Slide 1 of 1