Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Maktabgacha ta’lim muassasasining holati tahlil qilindi

Tumandagi 4- maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini o'rganish maqsadida deputatlar muassasaga tashrif buyurishdi. O‘rganish davomida tarbiyachilar bilan suhbat o‘tkazilib, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, xonalar, jihozlar, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish darajasi ko‘zdan kechirildi.

Alohida e’tibor oshxona va ovqat tayyorlash sharoitlariga qaratildi. Oshxona gigiyena qoidalariga qanchalik javob berishi, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish muddati va shaffofligi, oshpazlarning tibbiy ko‘rigidan o‘tgan-o‘tmagani, menyu tarkibi sinchkovlik bilan o‘rganildi.

  Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6