Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat sifati va aholini bepul dori - darmon bilan ta’minlanish holati tuman Kengashi deputatlari nazoratida.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati 18-Hazortut saylov okrugi deputati Jumayeva Mo’mina Toshpo’latovna “Hazortut” mahalla fuqarolar yig‘ini ettiligining olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari “Madad” NNT bilan hamkorlikda aholini qiynab kelayotgan masalalarni atroflicha o‘rganib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
янв.21
Tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limida, “Tumanda kambag’allikni qisqartirish bandlikni ta’lim va kasbga o’qitish dasturlari samaradorligi bo’yicha tuman Kengashi deputatlari tomonidan o’rganildi:
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Bugun, 9-fevral – "shams ul-millat" — millat quyoshi tavallud topgan kun! Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi.
янв.21
Ko‘ngil mulkining sultoni — Alisher Navoiy siymosiga yuksak ehtirom!
янв.21
Joylarda aholi murojaatlari deputat tomonidan samarali hal etilmoqda!
янв.21
BAHOR YAQIN, UYGʻON, ELIM!
Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor

Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor

Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari O. Dadajonova va Sh. Raximov tomonidan tuman hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari asosida ta’lim dargohida o‘quvchi-yoshlar uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsadida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan masul tashkilotlar rahbarlari nomiga deputatlik so‘rovi yo‘llandi.

Mazkur deputatlik so‘rovi yoshlarning sog‘lom va har tomonlama yetuk avlod bo‘lib voyaga yetishi, ularning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq:

• Deputat so‘roviga befarq munosabat qonunga xilof hisoblanadi;

• Deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslaridan ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslangan tushuntirish yoki rasmiy nuqtai nazar taqdim etishni talab qilish huquqiga ega;

• Mansabdor shaxslar deputatlik so‘roviga javobni, so‘rov olingan kundan e’tiboran, o‘n kun muddatda taqdim etishlari shart.

Shuningdek, deputatlik so‘rovlari yuzasidan kelib tushgan ma’lumot va xulosalar tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama etilishi mumkin. 

Slide 1 of 8