Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi xonadonlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ustidan deputat nazorati o’rnatildi.
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
MUROJAATNOMA — AMALIY HARAKATLAR DASTURI
янв.21
Aholi salomatligi deputat nazoratida!
янв.21
“Ajrim yechim emas”
янв.21
“Toza likopcha” kuni
янв.21
Romitan tumanida “Depetat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O’zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida amalga oshirgan ishlarini o’rgandi.
янв.21
ҚИШ ЯҚИН, ТАЙЁРМИСИЗ?
янв.21
"SAFIMIZDAGI YOSHLAR" LOYIHASI: ROMITAN YOSHLARI SIYOSIY SAFDA!
Mahalla yettiligi bialn uchrashuv

 O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Oqoltin tuman Kengashi deputatlari K.Hakimova va I.Quchlarovalar hamda “Koʻrkam diyor” Mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda, mahalla aholisining ishsizlik muammosi, shuningdek, joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari muhokama qilindi. Ushbu tadbirda mahalla raisi, yoshlar, ayollar vakillari hamda boshqa fuqarolar faol ishtirok etdi. 

Uchrashuvda MFY yettiligi rahbari ishsizlik darajasini pasaytirish va mahalla aholisi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Mahalla hududida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilik va dehqonchilik faoliyatlarini rivojlantirish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilmoqda. Bu esa nafaqat aholining daromad manbaini oshirishga, balki ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. 

Shuningdek, uchrashuvda ishsiz yoshlarni kasb-hunar kurslariga jalb etish, ularning mehnat bozoriga moslashishini ta’minlash masalalari ko‘tarildi. MFY yettiligi vakillari davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishga joylashtirish markazlarini tashkil etish rejalashtirilayotganini bildirishdi. 

Mahalladagi obodonlashtirish ishlari ham muhim mavzu bo‘lib, aholining farovonligi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. Yo‘llarni ta’mirlash, maktab va bolalar maydonchalarini yangilash, sog‘liqni saqlash va madaniy markazlar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Uchrashuv so‘ngida mahalla ahli o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdi.  

O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Oqoltin tuman Kengashi deputatlari ushbu takliflarni inobatga olgan holda, ularni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga va’da berdi. 

   

Slide 1 of 4