Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bosh vazir o'rinbosari Mirobod tumani aholisi uchun sayyor qabul o'tkazdi

Jarayonda turli vazirlik va idoralarning mas’ul vakillari ishtirok etdilar. Qabulda joylardagi oila va xotin-qizlarga doir muammolarni hal etish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, ayniqsa, xotin-qizlar, ehtiyojmand oilalarning murojaatlarini bevosita tinglash va yechim topish maqsadi ko‘zlangan.

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Tinglangan murojaatlar qatorida uy-joy, ish bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, ta’lim, ijtimoiy yordam va infratuzilmaga oid masalalar o‘rin olgan.

Har bir murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilmoqda.

Slide 1 of 17