Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat sifati va aholini bepul dori - darmon bilan ta’minlanish holati tuman Kengashi deputatlari nazoratida.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati 18-Hazortut saylov okrugi deputati Jumayeva Mo’mina Toshpo’latovna “Hazortut” mahalla fuqarolar yig‘ini ettiligining olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari “Madad” NNT bilan hamkorlikda aholini qiynab kelayotgan masalalarni atroflicha o‘rganib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
янв.21
Tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limida, “Tumanda kambag’allikni qisqartirish bandlikni ta’lim va kasbga o’qitish dasturlari samaradorligi bo’yicha tuman Kengashi deputatlari tomonidan o’rganildi:
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Bugun, 9-fevral – "shams ul-millat" — millat quyoshi tavallud topgan kun! Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi.
янв.21
Ko‘ngil mulkining sultoni — Alisher Navoiy siymosiga yuksak ehtirom!
янв.21
Joylarda aholi murojaatlari deputat tomonidan samarali hal etilmoqda!
янв.21
BAHOR YAQIN, UYGʻON, ELIM!
O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod, bugungi yoshlar Uchinchi Renesans bunyodkorlari!

 O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod, bugungi yoshlar Uchinchi Renesans bunyodkorlari! 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Respublikamiz yoshlari bilan uchrashdi. O‘zbekiston yoshlarini ushbu qutlug‘ ayyom bilan tabrikladi, ularga mehri va ishonchini bildirdi.

Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar aniq natijalar berayotgani qayd etildi. O‘tgan yili yurtimiz yoshlari “TOP-500”talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi. Bugungi kunda 30 nafar yigit-qiz dunyodagi “TOP-10”, 500 nafari “TOP-100” va 1 ming 500
nafari “TOP-300”dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.

Sport sohasida ham maqtashga arzigulik ishlar amalga oshirildi.Ozbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga yollanmani
qolga kiritdi.

Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bir davrda, yosh tadbirkorlarimiz tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliarddan oshganligini uqtirdi. Yoshlarning oliygohga kirish korsatkichi boyicha Surxondaryo,Jizzax va Sirdaryo viloyatlari yaxshi natijalarni ko’rsatmoqda.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar oqitildi,150 mingdan ortiq yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlarini oldi va bu 2023-yilga
nisbatan 2 baravar ko’pdir.

Yurtboshimiz oquv va kasbga tayyorlash markazlariga murojaat qilib,zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni organayotgan yoshlarni kopaytirishni
va buning uchun har qanday sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi. Sun’iy intellektni rivojlantirish boyicha bank-moliya,sogliqni saqlash,qishloq xojaligi va energetika sohalarini rivojlantirish boyicha 100 ta loyiha amalga oshirilishi ,sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish borasida ishlar boshlanganini e’lon qildi.

Davlatimizning yoshlarga oid siyosatini xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etmoqda. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi. Yoshlarni bu yo‘lda qo‘llab-quvvatlashimiz, ularga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlash orqali kelajak avlodni yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishiga kuchli motivatsiya bo‘ladi!

Xalq deputatlari Do'stlik tuman kengashi deputati Kultayeva Moxidil Nizamovna

https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman 

 

Slide 1 of 3