35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Pandigon MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Vohim mahallasidagi yo‘l masalasi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
Marg‘ilon shahridagi Zuhro mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligining faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi.

Mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va fuqarolarning ehtiyojlariga e'tibor qaratish maqsadida, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Z.G’ofurova va Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatovlar tomonidan Zuhro mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligining faoliyati o‘rganildi. 

Mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga tezkor yechimlar topish uchun muhim platforma hisoblanadi. Uchrashuvda mahalla faollari o‘zlarining kundalik faoliyatlari, xususan, aholi orasidagi muammolarni hal etish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Fuqarolar yig‘inining faoliyati tahlil qilindi va mahallada yashovchi fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar va takliflar o‘rganildi. 

Deputatlar o‘znavbatida, mahalla faollarining murojaatlarini e'tiborga olib, ularning yechimini izlash borasida kelishib olindi. Murojaatlar asosida, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta'lim sohalaridagi muammolarni hal qilish uchun tegishli davlat organlariga deputatlik so‘rovlarini yuborishga qaror qilindi. 

Ushbu uchrashuvda,mahallada yashovchi fuqarolarning bevosita ishtiroki va deputatlarning faol yordami orqali, jamoatchilikning ehtiyojlariga yanada yaqinroq yondashish va muammolarni hal qilish yo‘llari belgilandi. Deputatlar tomonidan yuborilgan
deputatlik so‘rovi esa mahalladagi ahvolni yaxshilash, fuqarolarning hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
 

Mahallalar bilan ishlashning samarali usullari, fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash va xalqning muammolariga tezkor yechim topish deputatlikning asosiy yo'nalishidir.  

Slide 1 of 3