#24_ta_masala
#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva tomonidan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida Navro‘z mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat ko‘rib chiqildi. O‘rganish yakunida mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|