Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📚 Yoshlar — e'tibor markazida!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Dusmatova Xos mahallasidagi 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, shu oyda sessiyaga kiritilgan masala "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida maktabda tashkil etilgan to‘garaklar, sport va ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar ko‘zdan kechirildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tashabbuslar alohida e’tirof etildi.

✨ Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar — ularning porloq kelajagi uchun mustahkam poydevor!

Slide 1 of 5