Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Aholi manfaati — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat G. Risqulova hududdagi savdo do‘konlarida bo‘lib, aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi hamda mahsulotlar yetarliligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida aniqlangan sohaga oid masalalar belgilangan tartibda nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🤝 Aholining ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, iste’mol bozoridagi barqarorlikni ta’minlash hamda dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4