Shirin shahar "Mirzo Ulug‘bek" mahallasida shahar Kengashi deputati, hokim Niyoz Xazratkulov boshchiligida fuqarolar qabuli oʻtkazildi. Unda shahar Xalq qabulxonasi vakillari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda bir guruh fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan masalalari bilan ishtirok etishdi.
✅Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish, subsidiya, doimiy ish bilan ta'minlash, sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan jami 8 ta murojaatlar kelib tushdi.
Yoʻllangan murojaatlarning 4 tasiga joyida amaliy yechim topildi, 2 ta masala yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, qolgan 2 ta murojaat o‘rganish uchun muddat talab etganligi sababli ijrosi nazoratga olindi.