Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati mudiri deputat P.Ro'ziboyev va deputat B.Allaberganovlar shahardagi Ashxobod mahallasi hududidagi 3-yo'lak, 2-yo'lak va 10-yo'laklarda joylashgan simyog'ochlarning bugungi kundagi holati o'rganildi. O'rganish natijasida mahalladagi simyog'ochlarning 10 foizi ishlamasdan turgani, simyog'ochlardagi ko'chani yorituvchi tungi chiroqlar ham bir nechtasi yonmayotganligi aniqlandi.
Yuqoridagi holatlar bo'yicha tegishli tashkilotlarga og'zaki va yozma deputat so'rovlari yuborilib, hozirda yuqoridagi muammolarni bartaraf etishga va shu hududda yashovchi aholiga munosib turmush sharoiti yaratish borasida hamkorlikda ishlar boshlab yuborildi.