Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Imtiyozli kredit asosida chorva mollari berilishi o‘rganildi

Imtiyozli kredit asosida chorva mollari berilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati A. Umarov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Istiqlol mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
👉O‘rganish davomida imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan aholiga yirik shoxli qoramollar olib berilishi, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda chorva mollarining xonadonlarda mavjudligi holatlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
👉Shuningdek, xonadon egalari bilan suhbatlashilib, chorvachilikni rivojlantirish, oilalar daromadini oshirish va ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
👉Mazkur o‘rganishlar aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👉O‘rganishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 7