Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Nanay” mahallasida joylashgan 44-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔺Maktabda kuz-qish mavsumi uchun zarur bo‘lgan ko‘mir zaxiralari yaratilgani, shu bilan birga, o‘rganish jarayonida maktabning issiqlik tizimi va qozonxonasi ta’mirga muhtojligi aniqlandi. Isitish tizimining mavsum davomida barqaror ishlashini ta’minlash uchun mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qozonxona va isitish tarmoqlarini ta’mirlash zarurligi qayd etildi.

🔺Mazkur masalalarni hal etish maqsadida “Ochiq byudjet” loyihasi doirasida maktabning issiqlik tizimini to‘liq ta’mirlash, shuningdek, maktab binosidagi eskirgan eshik va deraza romlarini yangilash belgilangani muhokama qilindi. Ushbu ishlar amalga oshirilishi natijasida ta’lim muassasasida issiqlik ta’minoti barqarorlashishi, binoning issiqlikni saqlash darajasi oshishi hamda o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun kuz-qish mavsumida yanada qulay sharoit yaratilishi kutilmoqda.

🔺O‘rganish yakunida deputat tomonidan belgilangan ishlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, ta’mirlash jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda maktabning kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirilishi muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4