Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
“Birlik mahalla servis” kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 18-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Abduvohid Turdiboyev tomonidan 2026-yil 18-sentabr kuni “Birlik” mahallasida tashkil etilgan “Birlik mahalla servis” kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
📌 Mazkur kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-234-son qarori asosida tashkil etilgan.
🌿 O‘rganish davomida kompaniyaning mahalla hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ariqlar va sug‘orish tizimlarini tozalash, ko‘chalar tozaligini ta’minlash, ko‘chatlarni ekish va parvarishlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
🏢 Shuningdek, shartnoma asosida ijtimoiy soha obyektlarida obodonlashtirish va kommunal-ekspluatatsiya xizmatlarini ko‘rsatish, chiqindilarni yig‘ish va saralash hamda ularni belgilangan tartibda olib chiqib ketishni tashkil etish ishlari ko‘rib chiqildi.
🤝 Mahalla aholisi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ijtimoiy ahamiyatga ega pulli xizmatlarni yo‘lga qo‘yish orqali aholiga qulaylik yaratish, hududning sanitariya-obodonlashtirish holatini yanada yaxshilash masalalari ham muhokama qilindi.
✅ O‘rganish yakunida “Birlik mahalla servis” kompaniyasi faoliyatini samarali tashkil etish, mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi

Slide 1 of 2