Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “At-Termiziy” MFY, Furqat ko‘chasi 11-uy, 24-xonadonda yashovchi fuqaro O.Aripova murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro O.Aripova uzoq yillardan buyon og‘ir kasal ekanligi sababli, bepul davolanishi uchun yo‘llanma so‘rab amaliy yordam so‘ragan. Mazkur masalaga amaliy yechim topish munosabati bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.Sirojiddinovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro O.Aripovaning uzoq yillardan buyon og‘ir kasal ekanligini inobatga olgan holda, unga bepul davolanishi uchun yo‘llanma berish va ushbu masala bo‘yicha belgilangan tartibga ko‘ra qanday ishlar amalga oshirilishi mumkinligi yuzasidan batafsil ma’lumot berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2