Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
“Sobir Abdulla” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi E.Abdusamatov tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan 5 nafar fuqaroga jami 165 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan. Shuningdek, mahallada 10 ta mikroloyiha ishga tushirilgan.

Amalga oshirilgan ushbu ishlar natijasida 144 nafar fuqaroning bandligini ta’minlashga ko‘maklashilgani, shuningdek, daromad manbalarining yaratilishi hisobiga 70 ta kam ta’minlangan oila “Kambag‘allik reestri”dan chiqarilgani qayd etildi.

O‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolarni daromadli mehnat bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuv va o‘rganish ishlarini tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4