Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi O.Zohidovaning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamovlar ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan individual ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda og‘ir toifadagi yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilindi.

Jumladan, hisobot davrida:

3 nafar og‘ir toifadagi yoshdan 2 nafari doimiy ish bilan ta’minlangan;

4 nafar yosh bepul kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etilgan;

4 nafar yosh ishga joylashtirilgan;

2 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, yoshlarning mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi, ularni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga imtiyozli kredit va boshqa ko‘maklardan foydalanishida amaliy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5