Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #yoshlar_maslahat_guruhi #korrupsiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zolari Madina Abduqayumova, Madina Ergasheva hamda Ruxshona Hasanovalar ishtirok etdi.

📝 Unda dastlab Toshkent shahrida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ta’minlanishi holatini o‘rganish va natijalarini muhokama etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Mirhamidov Mirmuhammad Mirshahidovichning hisoboti deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

🔎 Shuningdek, mazkur yig‘ilishda Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish, bunda, OAVdan, Internet tarmog‘idan foydalanish holatlarini o‘rganish va natijalarini muhokama etish to‘g‘risida Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Praliev Qudratilla Sunnatullayevichning hisoboti deputatlar tomonidan eshitilib, muhokama qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8