Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
ISH REJA IJROSI

Sardoba tumanida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
“Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida Sardoba tumani hokimi, deputat Ziyadulla Karimov hamda tuman deputati Bo‘tayev Bunyodning xorijda mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan yoshlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, kelgusidagi rejalari va takliflarini erkin bayon etdilar. Jumladan, ta’lim olayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, huquqiy maslahatlar berish, ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish hamda ularning tuman bilan doimiy aloqasini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni zarur ma’lumot va maslahatlar bilan ta’minlash, mamlakatga qaytgach, munosib ish va tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratish yuzasidan takliflar bildirildi.
Muloqot davomida ilgari surilgan har bir taklif va murojaat mas’ullar tomonidan qayd etilib, ularni o‘rganish va amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Bunday ochiq muloqotlar xorijdagi yoshlar bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini bevosita o‘rganish va yoshlar manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sardoba tumanida yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har bir yoshga e’tibor qaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7