35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
“Temiryo‘l infratuzilma” hududidagi obodonlashtirish holati deputat nazoratida

Hududlarda obodonlashtirish va sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Termiz shahar 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi hududida o‘tkazilgan deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish davomida Uvaysiy ko‘chasida joylashgan “TEMIRYO‘LINFRATUZILMA” AJ “TERMIZ LOKOMOTIV DEPOSI” filiali atrofining obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘l yoqasi va unga tutash hududlarda daraxt hamda butalardan to‘kilgan barglar to‘planib qolganligi, shuningdek, begona o‘tlar o‘sib, hudud tartibsiz holga kelganligi aniqlandi.

Mazkur holat hududning sanitariya-obodonlashtirish holati va tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati Fayzullayev Xikmat Boboqulovich tomonidan “TEMIRYO‘LINFRATUZILMA” AJ “TERMIZ LOKOMOTIV DEPOSI” filiali rahbari S.Ubaydullayevga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida:

Uvaysiy ko‘chasida filialga tutash yo‘l yoqasi va hududda to‘planib qolgan to‘kilgan barglarni to‘liq tozalash;

o‘sib ketgan begona o‘tlarni o‘rib, yo‘l yoqasi va unga tutash maydonlarni obodonlashtirish;

hududdagi daraxt va butalarni belgilangan tartibda parvarishlash;

yo‘l yoqasining sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash;

kelgusida hududning doimiy ravishda toza va obod saqlanishini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;

amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Deputatlik nazorati — hududdagi muammolarni aniqlash bilan birga, ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan.

Obod hudud — toza muhit va aholi uchun qulay sharoit garovi.