35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
SOZ HOLATDAGI TEXNIKALAR VA ULARNING HUJJATLARI DEPUTATLIK NAZORATIDAN O‘TKAZILDI

#Deputatlik_nazorati #Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

SOZ HOLATDAGI TEXNIKALAR VA ULARNING HUJJATLARI DEPUTATLIK NAZORATIDAN O‘TKAZILDI

📂 Obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etishda mavjud maxsus texnika va avtotransport vositalarining texnik jihatdan sozligi, ulardan oqilona foydalanish hamda tegishli hujjatlarining tartibli yuritilishi muhim ahamiyatga ega.

📁 Tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan Uchtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga mablag‘ ajratish yuzasidan bildirgisi hamda umumlashtiruvchi komissiya bayoni Kengashning tegishli doimiy komissiyasiga kiritilgan edi. Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 9-sentabrda DKQ 03-01/64-26-sonli qaror qabul qilinib, mazkur mablag‘larni ajratish bekor qilingan.

⚠️ Qarorning qabul qilinishiga Obodonlashtirish boshqarmasining mas’ul vakili doimiy komissiya ishida qatnashmagani hamda mablag‘ ajratish zaruratini asoslovchi tegishli hujjatlarni taqdim etmagani sabab bo‘lgan.

🧠 Shundan kelib chiqib, masalani amaldagi holat bilan birgalikda o‘rganish maqsadida Kengashning tegishli doimiy komissiyalari vakillari tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasida joyiga chiqilib, nazorat tadbirlari o'tkazildi.

💼 O‘rganishda doimiy komissiyalar a’zolari J.Karimov, A.Xudayberganov, A.Abdushukurov, B.Xalmatov, K.Azizov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov va ekspert guruhi a'zolari ishtirok etdi.

🕯 Shuningdek, texnik jihatdan soz va foydalanishga yaroqli holatda bo‘lgan transport vositalarining tegishli hujjatlari alohida tekshirildi. Bunda ularning hisob hujjatlari, texnik hujjatlari hamda boshqarma balansidagi ma’lumotlar bilan muvofiqligiga e’tibor qaratildi.

💹 O‘rganish jarayonida mavjud texnika va avtomobillarning amaldagi holati bilan ular to‘g‘risidagi hujjatlardagi ma’lumotlarning o‘zaro mosligi deputatlik nazoratidan o‘tkazildi.

Slide 1 of 5